21 jan 20:21
Yangiliklar
Boks/MMA

AMC Fight Nights 117. Oqshomning markaziy jangida nokaut qayd etildi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida aralash yakkakurash qoidalari asosida AMC Fight Nights 117 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida rossiyalik Dmitriy Arishev braziliyalik Marsio Santosga qarshi oktagonga ko'tarildi va raqibini birinchi raundning o'zida chuqur nokautga uchratdi.
Dmitriy Arishev bundan avvalgi jangini o'tgan yilning iyun oyida hamyurti SHamil Ramazanovga qarshi o'tkazib, to'rtinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. Marsio Santos esa 2022 yilning may oyida AMC Fight Night 111 turnirida rossiyalik Gennadiy Kovalyovni birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan zafar quchgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar