So’nggi yangiliklar

22:15Хабаровскдаги халқаро турнир: Барча боксчиларимизда ғалаба! 1 19:42Украина терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби аниқ 0 19:21Майк Тайсон: "Ҳеч қандай сценарий йўқ, шунчаки Жейк Полни нокаут қиламан" 0 19:00Том Аспиналл камарини ўз уйидаги турнирда ҳимоя қилади 0 18:39"Ян билан жангимиз ғолиби чемпионлик учун октагонга чиқиши керак" - Вера 0 18:18ЎФА тасдиқлади. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Янги Зеландияга қарши ўйнайди 0 17:57"Мен у учун жуда йириклик қиламан" - Масвидаль Конор Макгрегор ҳақида 0 17:36Александр Усик 40 ёшгача жанг қилмоқчи 0 17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0

18 iyu 10:52
Yangiliklar

Engil atletika

Amerikada Useyn Boltning bronzadan yasalgan haykali ochildi + FOTO

Teglar :  Useyn BoltFlorida
AQSHning Florida shtatida afsonaviy Olimpiada chempioni Useyn Boltning haykali ommaga taqdim etildi.

Bu 8 karra Olimpiya o'yinlari chempioni hamda 100 va 200 metr masofaga yugurish bo'yicha jahon rekordchisining AQSHdagi ilk haykali hisoblanadi. U Miramar shahridagi sport markazida qad rostladi. 

Miramar - yamaykaliklarning rivojlanishidagi eng yirik markazlardan biri hisoblanadi. Ushbu haykalni yamaykalik haykaltarosh Bezil Barrington Uotson yasadi. Ochilish marosimida Boltning o'zi ham ishtirok etdi.

"Barcha davrlarning eng buyuk sprinteri Useyn Boltning haykali aynan bizning Miramarda ochilganidan va bu joyga rahbarlik qilayotganimdan juda xursandman. Jahon undan tezroq bo'lgan sprinterni ko'rmadi. "Ansin" sport majmuasida "Sanatni jamoat joylarida namoyon qilaylik" tashabbusi ostida Boltning ilk haykalini o'rnatish biz uchun sharaf bo'ldi.

Bu orqali biz ushbu sport turini endi boshlayotgan sportchilarga "Balki, barchasi cheksizdir" degan fikrni eslatib o'tmoqchimiz. Buni Boltning o'zi ham ko'p takrorlaydi", - dedi shahar vice-meri Aleksandra Devis.

Aytgancha, bu Boltning ikkinchi haykali hisoblanadi. Uning ilk haykali 2017 yili Yamaykada ochilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing