05 okt 18:40
Yangiliklar

Amir Xan Fyuri - Joshua jangi uchun o'z taxminini aytdi
Sobiq jahon chempioni Amir Xan (34-5, 21 KO) WBC chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) va WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1, 21 KO) o'rtasidagi jang xaqida o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men har doim Tayson Fyuri bu vazndagi eng kuchli bokschi ekanligini takidlaganman. Bunday salohiyat bilan Fyuri istalgan jangchini mag'lub qilishi mumkin. Uaylder bilan jangda bunday bo'lishiga hech kim ishonmagandi, lekin u buni uddaladi.
Agar Tayson Fyuri Joshua bilan ringga chiqadigan bo'lsa, bu jang necha marta o'tkazilishidan qatiy nazar Fyurini faqat g'alaba kutadi.
Menimcha Fyuri oson g'alabaga erishadi. Entoni Joshuaning uslubi Frenk Brunoga kabi robotni eslatadi. Agar Joshuaning zarbalari senga tegsa, bu juda og'riqli bo'ladi.
Lekin, biz Fyurini kuchli zarbalar o'tkazganidan so'ng qanday o'zini tiklaganini ko'rganmiz. Qanday jang o'tkazmasin, Fyuri har doim g'alaba qozonadi",-dedi Xan.
Fikrlar