26 avg 06:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Amirxon Alixo'jaev NFC 42 turnirida MMAdagi ilk jangini o'tkazdi FOTOGALEREYA
Qozog'istonning Almati shahrida "Naiza" promousheni tomonidan navbatdagi katta MMA oqshomi o'tkazildi.
NFC 42 turniri doirasida Mahmud Muradov jamoasining ikki vakili ham oktagonga ko'tarildi. Ulardan biri - kattaqo'rg'onlik Rahmatullo Soliev qozog'istonlik Akimjan Xashimovga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Yana bir yurtdoshimiz Amirxon Alixo'jaev esa MMAdagi debyut jangidayoq qozog'istonlik kuchli raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Mezbonlar vakili Sanjar Tajievga qarshi kechgan jangda oktagon egasi jarohat oldi va buning natijasida texnik nokautli g'alaba Amirxonga taqdim etildi.
Jang yakunlanganidan so'ng oktagonda Mahmud Muradov va Sanjar Tajiev o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganini ham takidlash joiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar