13 jan 11:51
Yangiliklar
Milan-Kortina-2026
Andrea Bochelli Qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida chiqish qiladi
Italiyalik tenor Andrea Bochelli 6 fevral kuni Italiyada bo'lib o'tadigan Qishki Olimpiada o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Avvalroq, Merayya Keri va Laura Pauzini ham marosimda chiqish qilishlari elon qilingan edi. Ochilish marosimi Milandagi mashhur "San-Siro" futbol stadionida bo'lib o'tadi.
Unda sportchilar paradi va uch soatlik ko'ngilochar dastur bo'ladi. Mazkur musobaqa Olimpiadalar tarixidagi geografik jihatdan eng tarqoqi bo'lganligi sababli, marosimning bir qismi yana uchta joyda bo'lib o'tadi: Kortina-d'Ampecco, Livino va Predacco.

Havola :
Manba : forbes.ru
Fikrlar