04 mar 12:41
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublev ketma-ket ikkinchi yil Dubaydagi turnir finaliga chiqdi
Dubaydagi turnirning finalida ikki rossiyalik tennischi bahs olib boradigan bo'ldi.
Jahonning oltinchi raketkasi rossiyalik Andrey Rublyov turnirning yarim finalida ATR reytingida 16-pog'onani egallab turgan germaniyalik Aleksandr Zverevni 6/3, 7/6 (9) hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuv bir soatu 58 daqiqa davom etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarda hisob katta farq bilan germaniyalik tennischi tomonida, 5:1.
25 yoshli rossiyalik tennischi oktyabr oyida Ispaniyaning Xixon shahrida chempionlikni qo'lga kiritganidan beri ilk bor ATR turniri finaliga chiqdi.
Dubai Duty Free Tennis Championships musobaqasi g'olibligi uchun Rublyov hamyurti Daniil Medvedevga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar