01 may 13:19
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Madrid "Masters" 1/8 finalida
Ispaniya poytaxtida Mutua Madrid Open turniri davom etmoqda.
Dunyoning oltinchi raketkasi Andrey Rublyov musobaqaning nimchorak final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennischi uchinchi davrada ATP reytingida 34-pog'onada borayotgan yaponiyalik Yosixito Nisiokani mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 7/5.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi muvozanat tiklandi - 2:2. Sakson etti daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 10, Nisioka esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Rublyov chorak final chiptasi uchun vatandoshi Karen Xachanovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar