So’nggi yangiliklar

12:58Устоз-шогирд АПЛда ой мураббийи бўлишга номзод 0 12:37Бугун "Ҳумо" Мунтазам чемпионатдаги сўнгги ўйинлар сериясини бошлайди 0 12:16Хабиб Конор билан зиддиятдаги Пол Хьюзни қўллаб-қувватлади 0 11:55Стол теннисчиларимиз Доха турнирини муваффақиятли якунлашди 0 11:34"Ал Насср" АПЛнинг яна бир футболчиси учун 64 млн евро таклиф қилди 0 11:26Сафина Садуллаева Котбусда шоҳсупага кўтарилди 0 11:13Ута Абе Диёра Келдиёровадан қабул қилиб олган мағлубиятдан кейин илк бор татамига қайтмоқда 0 10:52Cаиджамшид Жафаров тарозидан ўтди, бугун у камар учун жанг қилади + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:31Davis Cup. Ўзбекистон – Босния ва Герцеговина. Бугун яккаликда икки учрашув ўтказилади 0 10:10ПСЖ футболчисини 50 миллион еврога сотиб юборди 0 09:49Надаль фаол қаршиликка қарамай фахрий доктор унвонини олди 0 09:28Аниқ мақсад ва ҳаракатлар— муқаррар ютуқларга элтади 0 09:07Шара Буллет Пейжни мағлуб этса, кимга қарши жанг қилишини айтди 1 08:46Шомуродов "Рома"да қоладими? Клаудио Раньери бу саволга жавоб берди 0 08:25"Эркак эмаслигингни бутун дунё билади". Стрикленд Чимаевга "тош отди" 0

31 jan 09:28
Yangiliklar

Boshqalar

Aniq maqsad va harakatlar- muqarrar yutuqlarga eltadi

Inson qachonki aqidalariga sodiq qolsa, o'z ustida tinimsiz izlanib, aniq maqsad sari intilsa, talabchan va masuliyatli bo'lsa, yutuq va muvaffaqiyatlar uzoq kuttirmaydi.

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, Respublika va xorij matbuotida 50 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan olim SHuhrat Arslonov ana shunday tirishqoq va o'ziga talabchan zamondoshlarimizdan.

Arslonov yoshligidan otasi va ustozi Arslon Elovdan sport saboqlarini oldi, turli musobaqalarda toblandi. U yutuqlardan havolanib ketmadi, aksincha, sportga ilmiy jihatdan yondashib, o'z bilimlarini oshirishga, shogirdlarini ham o'z ortidan ergashtirishni o'ziga bosh maqsad qildi. Bu fidoyilik yillar davomida uni o'z sohasining etuk mutaxassisiga aylantirdi.

Mashaqqatli mehnat besamar ketmadi. 2016 yilda uning xizmatlari yuqori baholanib, davlat rahbari tomonidan ”O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy” unvoniga loyiq ko'rildi. Soha rivojiga qo'shayotgan hissasi etirof etilib, 2021 yilda “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” darajasini oldi.

Yuqorida takidlaganimizdek, SHuhrat Arslonov sport ilmini chuqur egallash, fan va amaliyotni uyg'un olib borish orqaligina yutuqlarga mustahkam poydevor qo'yish mumkinligini isbotladi. Bir necha kitoblari, ilmiy maqolalari chop etildi. Ko'plab izdoshlar, munosib shogirdlar tayyorladi va tayyorlamoqda.

U bugun katta bir kafedraning mudiri. U o'z qarashlarini “Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi”dagi jamoadoshlariga ham teran singdira oldi. Har bir mutaxassis va talabani masuliyatli bo'lishida o'zinamuna bo'ldi.

Bevosita kafedra hayoti haqida muxtasar to'xtaladigan bo'lsak, universitetda har bir kun besamar o'tmasligi tashkil etilayotgan tadbirlarda ham o'z aksini topmoqda. Jumladan, oliy talim muassasasida O'zbekiston Kikboksing associaciyasi  prezidenti Oybek Narmetov, Jang sanatlari federaciyasi vice prezidenti Po'lat Usmonov hamda CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Ravshan G'ofurov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomidao'zbek jangovar yakkakurash sport turlariga kiruvchi kikboksing sport turini rivojlantirish, shuningdek, ushbu yo'nalishdagi iqtidorli sportchilarni saralash va ular o'rtasida musobaqalar tashkil etish to'g'risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Bundan tashqari, SHuhrat Arslonovning “Tanlangan sport turi bo'yicha mutaxassislikka kirish. Karate” nomli yangi darslik taqdimoti ham tashkil etildi.Tadbir davomida yurtimizga o'tgan asrning 70-80 yillarida kirib kelgan va bugungi kunda keng ko'lamda ommalashayotgan karate sport turining nazariy va amaliy asoslarini o'zida jamlagani bilan mazkur sport yo'nalishi talabalari hamda yosh murabbiylar uchun zaruriy qo'llanma bo'lib xizmat qilishi etirof etildi.

Turli tanlovlar, viktorinalar o'tkazish yo'lga qo'yildi. Masalan, yaqinda universitetida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida “Zakovat” o'yinlari tashkil etildi. Yakunda 1-o'rin “Oaziz” , 2-o'rin “Olimp” va uchinchi pog'ona"Engilmaslar" jamoasiga nasib etdi.

Bundan tashqari, universitet mamuriyati va kafedra mudiri tashabbusi, say-harakatlari bilan yangi o'quv yilidan boshlab universitet tomonidan sport talimi sohasida amaliy va nazariy bilimlarini integraciya qilish maqsadida dual talimga katta etibor qaratilmoqda. Xususan, O'zbekiston davlat jismoniytarbiya va sport universiteti Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi masullari hamda Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda “Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi”ning filiali ochildi.

Kafedra ustozlari va shu yo'nalishda tahsil oladigan ilmu toliblar universitetda o'tadigan sport musobaqalarida tashkiliy jihatdan, hakamlik ishlarida o'z ulushlarini qo'shishmoqda. Jumladan, karate bo'yicha Toshkent viloyati chempionati universitet sport majmuasida yuqori darajada tashkil etildi. O'n nafar talaba hakamlik ishlarida faol qatnashdi. SHuningdek, ustoz va shogirdlarning o'zlari ham turli nufuzli sport musobaqalarida mahoratini namoyish etishayotir. 

Masalan, Toshkent shahrida o'tgan kikboksing bo'yicha Jahon kubogi musobaqasida kattalar o'rtasida kafedra docenti Qahhor Umarov faxrli 1-o'rinni, kafedra o'qituvchisi SHahnoza Nizomovaikkinchi o'rinni egalladi. Talabalardan Rahmatjon Xodjaev kumush, Maxsudali Nuraliev esa bronza medalini qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari, “Jar” sport majmuasida karate bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionati o'tkazildi. Unda talabalardan Boburmirzo Nosirov jamoaviy va yakka kata bahslarida 1-o'rinni,  Aslbek Risqulov esa jamoaviy kata bahsida g'oliblikka musharraf bo'ldi. SHuningdek, Javohir Yo'ldoshev karatening kumite bahsida -70 kg vazn toifasida faxrli ikkinchi,  Muhammadjafar Jalolov -65 kg vaznda 3-o'rinni egalladi. Kafedraning yosh o'qituvchisi Nodira Mamadalievaga ham jahon chempioni bo'lish saodati nasib etdi.

SHuningdek, universitetda Jahon karate konfederaciyasi   prezidenti Vyacheslav Timofeev ishtirokida seminar ham tashkil etildi. Unda faxriy mehmon talabalar, CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o'quvchilariga karateda zarba berish usullari va ularga beriladigan baholar va hakamlik qoidalari to'g'risida amaliy mahorat darsi o'tkazdi.

— Vatanparvarlik deganda yurtga muhabbat va sadoqat, yurt uchun xizmat qilish, bu yo'lda butun umr va salohiyatingizni, kerak bo'lsa, joningizni fido qilish demakdir, —leya takidlaydi SHuhrat Arslonov talabalar bilan suhbat asnosida. — Vatanparvarlik barcha xalqlar, millatlar va elatlarga xos umuminsoniy tuyg'ular va manaviy qadriyatlardan biri bo'lib, asrlar osha sayqallanib kelgan. Tarixiy nuqtai nazardan, vatanparvarlik - odamlaring ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida o'z Vatani taqdiri, xalqlarning o'zi yashayotgan hududning yaxlitligi va mustaqilligi uchun kurashi bilan bog'liq bolgan tuyg'ular majmuidir. Vatanning o'tmishi va buguni bilan faxrlanish, uning kelajagi haqida qayg'urish va qayg'urish, manfaatlarini himoya qilish — bizning muqaddas burchimiz!  Vatanparvarlik tushunchasini kengroq anglash uchun esa buyuk siymolarimiz Furqat, Fitrat, Abdulla Qodiriy, CHo'lpon, Abdulla Avloniy, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Erkin Vohidov Abdulla Oripovlar ijodini chuqur o'rganishimiz zarur...

Yoshlarning manaviyatini yanada yuksaltirish maqsadida bir qator tarixiy majmualarga, muzeylar, talim muassasalariga sayohatlar, tashriflar amalga oshirilmoqda. Xususan kafedra ustoz va talabalarining “CHirchiq oliy tank qo'mondonlik bilim yurti” ga tashrifi amalga oshirildi. SHuningdek,“CHirchiq shahar muzeyiga”ga qilingan sayohat ham esda qolarli bo'ldi. Bundan tashqari, universitetda Jangovar yakkakurash sport turlari, nazariyasi va uslubiyati kafedrasi MMA bo'yicha katta murabbiyi Jasur Alijonov va UFC jangchisi Ramazon Temirovlar bilanbo'lib o'tgan uchrashuv ham talabalarda katta taassurot qoldirdi...

Eng asosiysi, kafedrada doimiy ish qizg'in. Hech bir kun yo'qki, besamar, bemaqsad o'tadigan. Vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, sport yutuqlari, fandagi olamshumul yangiliklarga hissa qo'shish masuliyati mutaxassislarning doimiy diqqat-etiborida...

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing