01 apr 14:20
Yangiliklar
Anna SHerbakova faoliyatini davom ettirish borasida yakuniy qarorini aytdi
Avvalroq SHerbakova 2021/2022 yilgi mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligini tan olgandi.
“Men figurali uchishda davom etaman, kelajak uchun hali maqsadlarim bor. SHuning uchun men mashq qilishni, chiqish qilishni, har bir musobaqada o'z maksimal imkoniyatimni ko'rsatishni xohlayman. CHunki bu menga kuch beradi", - dedi sportchi "Birinchi kanal"dagi "Xayrli tong" dasturida.
Eslatib o'tamiz, Anna SHerbakova, boshqa rossiyalik sportchilar kabi, Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) rossiyaliklarni xalqaro musobaqalardan chetlatganidan keyin Monpeleda bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etmadi. Ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida yaponiyalik Kaori Sakamoto oltin medalni qo'lga kiritdi.
Fikrlar