30 jan 13:09
Yangiliklar
Futbol, Kikboksing
Anri futbolchi iltimosiga ko'ra istefoga chiqarilgan ekan
Get French Football News nashri Terri Anrining "Monako"dan ketishi haqida bazi malumotlarni oshkor qildi.
Malumotlarga ko'ra, monegasklar hujumchisi Radamel Falkao Anri borasida klub rahbariyatiga etiroz bildirgan. Anrining pasga qanday ochilish kerakligini o'rgatishi kolumbiyalikka yoqmagan ekan.
Bundan tashqari, Terri Anri jamoa etakchilari Falkao, Kamil Glik, Jemerson va Andrea Rajiga bosim o'tkazib, ularga asosiy tarkibda joy bermaslik bilan tahdid qilgan.
Eslatib o'tamiz, 25 yanvar kuni "Monako" Anri bilan xayrlashdi va portugaliyalik Leonardu Jardimni qaytardi.
Havola :
Fikrlar