02 apr 09:00
Yangiliklar
Antaliya "Katta Dubulg'a". Birinchi kun yakuniga ko'ra kuchli oltilikdamiz!
Birinchi kun 5 ta vazn (2 ta erkaklar, 3 ta ayollar) toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Uchta vaznda o'zbekistonlik dzyudochilar shohsupaga ko'tarilishdi. Musobaqaning o'tgan yilgi g'olibasi Diyora Keldiyorova (-52 kg) bu safar kumush medal hamda qimmatli 700 reyting ochkosi sohibasiga aylandi. Dilshodbek Baratov (-60 kg) va Sardor Nurillaev (-66 kg) bronza medali birga 500 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Uchta medal evaziga O'zbekiston 63 davlat orasida 6-o'rinni egallab turibdi. Bittadan oltin va kumush medalga ega chiqqan Mo'g'uliston umumjamoa hisobida peshqadamga aylanib oldi. Bir nafardan chempionga ega Kanada, Xitoy Taypeyi, Vengriya va Moldova terma jamoalari keyingi o'rinlarni band etishgan.
Fikrlar