26 mar 20:19
Yangiliklar
Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirida qatnashadigan terma jamoamizda o'zgarish ro'y berdi, To'raboev va Keldiyorova ro'yxatda yo'q
29-31 mart kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi.
Bir necha kun oldin terma jamoamizning mazkur musobaqa uchun tarkibini malum qilgandik. Biroq bugungi kunga kelib tarkibda kichik o'zgarishlar ro'y berdi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, Muzaffarbek To'raboev, Diyora Keldiyorova kabi etakchilarimiz musobaqada qatnashmaydi.
Antaliya "Katta Dubulg'a" turniri uchun tarkibimiz:
AYOLLAR
-52 kg: Gulhayo Jo'raeva, Sita Kadambaeva
-57 kg: SHukurjon Aminova
-70 kg: SHohista Nazarova, Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
ERKAKLAR
-60 kg: Dilshodbek Baratov, Doston Ro'ziev
-66 kg: Muhriddin Tilovov, Sardor Nurillaev
-73 kg: SHahram Ahadov, Murodjon Yo'ldoshev
-81 kg: Nurbek Murtazoev, SHarofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+100 kg: SHohruhxon Baxtiyorov
Bosh murabbiy: Ilias Iliadis
Fikrlar