So’nggi yangiliklar

07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0

30 mar 17:17
Yangiliklar

Dzyudo

Antaliya "Katta Dubulg'a" turniriga qura tashlandi

Ertaga Turkiyaning Antaliya shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oladi.

Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda 5 qitaning 83 davlatidan roppa-rosa 600 (337 erkak, 263 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Hozirgina Antaliya "Katta Dubulg'a" turniriga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. 

Murabbiylar qaroriga ko'ra, Tbilisi "Katta Dubulg'a" turniri oltin medali sohibasi Diyora Keldiyorova hamda kumush medali egasi Obidxon Nomonov Antaliya musobaqasida ishtirok etishmaydi. Ular turnir yakunlanganidan keyin boshlanadigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashishadi.  

Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari (AYOLLAR):

-48 kg: Halimajon Qurbonova - Hanife Ozkan (Turkiya)

-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva - Natasha Ferreyra (Braziliya) 

-52 kg: Sita Kadambaeva - Sumiya Iraoui (Marokash) 

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova - Kristian Legentil (Mavriki oroli)

-57 kg: SHukurjon Aminova - Pihla Salonen (Finlyandiya)

-63 kg: Marjona Nurulloeva - Ganhaych Bold (Mo'g'uliston)

-70 kg: SHohista Nazarova - Emilie Suk (Daniya)

-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva - Nyam-Erdene Batsuri (Mo'g'uliston) 

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Eyk Zurnach (Turkiya)

+78 kg: Rinata Ilmatova - Sandra Yablonskayt (Litva)

Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari (ERKAKLAR):

-60 kg: Dilshodbek Baratov - Muhammadsoleh Quvatov (Tojikiston)

-60 kg: Bahrom Boturov - Tornike Tsakadoya (Niderlandiya)  

-66 kg: Abdurahim Nutfulloev - Abdurahman Bushita (Marokash)

-66 kg: Bobur Vadjiev - Daiki Buba (Franciya) 

-81 kg: Nurbek Murtazoev - Erman Gurgen (Turkiya)

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev - Antoni Kuros (Greciya)

-90 kg: Zufarbek O'rolov - Ervin Kulhaj (Albaniya)

-100 kg: Suhrob Rajabov - Nurlihan SHarhan (Qozog'iston)

+100 kg: SHohruh Mamarasulov - Jamal Gamzathanov (Ozarbayjon)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing