29 mar 20:14
Yangiliklar
Dzyudo
Antaliya "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kunini medalsiz yakunladik
Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kungi bellashuvlari yakuniga etib boryapti.
Bugungi ilk kungi bahslarda terma jamoamizning 7 nafar dzyudochisi kurashni boshlagan bo'lsa, ulardan hech biri yakunda sovrindorlar safidan joy ola bilmadi. Birgina -52 kg vazndagi Sita Kadambaeva bronza medali uchun juda yaqin kelgandi. Ammo hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda ispaniyalik Ayumi Leyva Sanchesga vazari bahosi bilan yutqazib qo'ydi.
Sita Kadambaeva kuchli beshlikdan joy olgan bo'lsa, Dilshodbek Baratov (-60 kg) ettinchi o'rin bilan kifoyalandi. Qolgan dzyudochilarimiz saralash bahslaridayoq raqiblariga imkoniyatri boy berishdi. Ertaga o'rta vazn toifasidagi dzyudochilarimiz bahslarni boshlashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar