11 may 18:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Anvar Abdullaevning murabbiyi Marat Balaev 29 yoshida jang qildi
Kecha Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida MMA bo'yicha ACA Ligasining navbatdagi musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqa doirasida O'zbekistonlik Anvar Abdullaevning murabbiyi bo'lmish rossiyalik Marat Balaev braziliyalik tajribali 40 yoshli Xakran Diasga qarshi oktagonga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda Dias hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 30-27, 30-27) g'alaba qozonib, to'rtta mag'lubiyatli seriyasini yopdi.
Bu Balaev uchun 2021 yildan buyon o'tkazgan ilk jangi bo'ldi. U Xakran bilan bahsdan keyin yana jang qilish niyatida ekanini bildirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar