07 jan 08:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Anvar Boynazarov bir yildan so'ng qaytmoqda. Jang sanasi, manzili va raqib malum + POSTER
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Boynazarov deyarli bir yillik tanaffusdan so'ng yana jang o'tkazadi.
Boynazarov 14 yanvar kuni AQSHning Texas shtati Dallas shahrida o'tkaziladigan LFA 121 turnirida amerikalik Jon Famga qarshi oktagonga ko'tariladi. 28 yoshli Jon hisobida 4 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. 33 yashar Boynazarov esa har ikkala jangini g'alaba bilan yakunlagan.
Malumot uchun, Anvar Boynazarov o'tgan yilning mart oyida AQSHning Florida shtatida tashkil etilgan Combat Night turnirida mezbon sportchi Rob Fullerni muddatidan avval nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
LFA 121 turnirining markaziy jangi esa Aaron Maakenzi (10-2-1) hamda Joshua Jons (11-5-0) o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar