17 fev 10:49
Yangiliklar
Karate

Anvar Boynazarov bu safar Denverda jang qiladi, raqib ham aniq + POSTER
28 fevral kuni AQSHning Kolorado shtati, Denver shahrida jangovar karate bo'yicha Karate Combat 53 musobaqasi tashkil etiladi.
Turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Boynazarov ham chiqish qiladi. Hamyurtimizga meksikalik Luis Guerrero raqib bo'ladi. Oqshomda sobiq UFC jangchisi, Olimpiya o'yinlari sovrindori Robelis Despane ham ishtirok etadi.
Malumot uchun, 36 yoshli Anvar Boynazarov jangovar karatedagi debyutini shu yilning 24 yanvar kuni KC 52 turnirida argentinalik Ignasio Kapllonchga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g'alaba qozongandi. Anvar Boynazarov bilan tengdosh Luis Guerrero esa hozirga qadar faqat MMA janglarida qatnashgan. Uning hisobida 12 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar