16 sen 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Anvar Boynazarov ishtirokidagi jang 1 raundgina davom etdi
AQSHning Las-Vegas shahrida MMA bo'yicha Tuff-N-Uff 133 musobaqasi tashkil etildi.
Ushbu turnir doirasida yarim engil vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Boynazarov (4-1-0) ham oktagonga chiqdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga amerikalik Kale Moniz (6-2-0) raqiblik qiladi.
3 raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Afsuski ushbu jangda Boynazarov raqibiga bo'g'ish usulida mag'lubiyatga uchradi.
SHu tariqa, Anvar faoliyatidagi navbatdagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar