14 jan 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Anvar Boynazarov raqibi bilan yuzma-yuz keldi, ertaga jang + FOTO
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Boynazarovning deyarli bir yillik tanaffusdan so'ng yana jang o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Boynazarov 14 yanvar kuni (bizning vaqt bilan ertaga tongda) AQSHning Texas shtati Dallas shahrida o'tkaziladigan LFA 121 turnirida amerikalik Jon Famga qarshi oktagonga ko'tariladi. Kecha raqiblar jang oldidan ilk bor ko'z urishtirish marosimida yuzma-yuz kelishdi.
Malumot uchun, 33 yoshli Anvar Boynazarov o'tgan yilning mart oyida AQSHning Florida shtatida tashkil etilgan Combat Night turnirida mezbon sportchi Rob Fullerni muddatidan avval nokaut evaziga mag'lub etgan edi. 28 yoshli Jon hisobida esa 4 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.
LFA 121 turnirining markaziy jangi Aaron Maakenzi (10-2-1) hamda Joshua Jons (11-5-0) o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar