15 jan 08:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Anvar Boynazarov raqibini soniyalar ichida nokautga uchratdi + VIDEO
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Anvar Boynazarov deyarli bir yillik tanaffusdan so'ng yana jang o'tkazdi.
Boynazarov bugun Dallas shahridagi LFA 121 turniri doirasida amerikalik Jon Famga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang hamyurtimizning tezkor g'alabasi bilan yakunlandi. Boynazarov jangning 22-soniyasida raqibini nokautga uchratdi.
Malumot uchun, 33 yoshli Anvar Boynazarov o'tgan yilning mart oyida AQSHning Florida shtatida tashkil etilgan Combat Night turnirida mezbon sportchi Rob Fullerni muddatidan avval nokaut evaziga mag'lub etgan edi. 28 yoshli Jon hisobida esa bungacha 4 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar