21 fev 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Anvar Boynazarovning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum + FOTO
O'tgan yilning so'nggi oyida MMAda debyut qilgan o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi o'zining "qafas"dagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
O'zbek sport muxlislariga muaytay va kikboksing orqali tanilgan Boynazarov 13 mart kuni AQSHning Florida shtati Orlando shahrida tashkil etiladigan Combat Night turnirida oktagonga ko'tariladi. Uning raqibi amerikalik Rob Fuller bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz o'zining MMAdagi debyut jangini Florida shtatining Tallaxassi shahrida tashkil etilgan Combat Night turnirida amerikalik Genri Krappga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar