26 okt 10:37
Yangiliklar
Boks/MMA
AQSH OAVsi Xabibni Maykl Jordan bilan taqqosladi. Nega?
AQSH ommaviy axborot vositalari vakillari Xabib Nurmagomedovni basketbol afsonasi Maykl Jordan bilan taqqoslamoqda.
Xabib Getjiga qarshi jangdan so'ng faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
“Xabib g'alabadan so'ng oktagonning markazida yig'lamoqda. Bu holat Jordanning otasi vafotidan so'ng yutgan kubogidagi holatga o'xshab ketdi. Bunday holatlarni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirus asoratlari oqibatida 57 yoshida vafot etdi. Jordanning otasini esa 1993 yilda otib ketishgan. Maykl o'sha voqeadan bir yil o'tib, chempionlik uchrashuvidan so'ng faoliyatini yakunlagandi. Lekin Jordan keyinchalik yana qaytgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar