15 sen 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

AQSH prezidenti sayyoramizning eng kuchli MMA jangchisi kim ekanligini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Xabib Nurmagomedovni sayyoramining eng kuchli jangchisi deb hisoblashini malum qildi.
SHuningdek, Oq Uy rahbari Xabib va Getji o'rtasidagi jangni ko'rishga vada berdi.
“Getji sayyoramizning eng kuchli jangchisiga qarshi bahs olib boradi. Jastin Xabibni nokaut qilishga vada berdi. Bu jang albatta qiziqarli bo'ladi. Turnir prezidentlik saylovi vaqtida bo'ladi, lekin men bu jangni ko'rishga vaqt topaman”, - dedi Donald Tramp.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Getji o'rtasidagi jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar