11 sen 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

AQSHning LFA Ligasi bilan shartnoma imzolagan Akbarjon Islomboevning ilk raqibi elon qilindi. U markaziy jangda chiqish qiladi + POSTER
Yarim engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi 26 yoshli o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Akbarjon Islomboevning keyingi jangi tafsilotlari oydinlashdi.
Hamyurtimiz 10 oktyabr kuni AQSHning Tennessi shtati, Klarksvill shahrida tashkil etiladigan MMA bo'yicha LFA 219 turnirida oktagonga chiqadi.
Yurtdoshimiz musobaqaning asosiy bellashuvida avstraliyalik Isaak Tompson bilan to'qnash keladi. Jang 3 raund etib belgilangan.
Malumot o'rnida, Akbarjon Islomboev faoliyati davomida hozirgacha 11 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan bo'lsa, 23 yoshli Tompson hisobida 8 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar