28 okt 17:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Ar-Riyodda bo'lib turgan Bahodir Jalolov bugungi Fyuri-Ngannu jangida kim g'alaba qozonishini taxmin qildi
Og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ayni damda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib turibdi.
U erda bugun markaziy jangi britaniyalik Tayson Fyuri hamda kamerunlik Frensis Ngannu o'rtasida keachdigan katta professional boks oqshomi o'tkaziladi.
Hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham turnirda rasmiy mehmon sifatida ishtirok etmoqda. U Olamsport.com muxbiri bilan suhbatda bugungi super jang uchun o'z taxminini aytib o'tdi:
"Albatta Fyuriga muxlislik qilaman. Bugun Tayson Fyuri yutadi".
Malumot uchun, Bahodir Jalolovning o'zi prof boksdagi navbatdagi jangini 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida tashkil etiladigan boks oqshomida JAR vakili Kris Tompsonga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar