13 iyu 08:30
Yangiliklar
Dzyudo

Aralash jamoaviy bahslardagi ilk raqibimiz - Turkmaniston!
Jahon chempionatining aralash jamoaviy musobaqasi uchun ham qura tashlandi.
Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda Turkmaniston dzyudochilariga qarshi bahs olib boradigan bo'lishdi. Ushbu juftlik g'olibini 1/4 finalda katta ehtimol bilan Yaponiya terma jamoasi qarshi oladi.
Quraning ko'zini ko'r deyishadi. Lekin biz dzyudochilarimizga ishonamiz. Ular yurtdoshlarimizni xushnud etish uchun borlarini tatamiga tashlaydilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar