25 jan 15:54
Yangiliklar
Arina Sobolenko Australian Open 1/2 finalida
Belaruslik tennis malikasi 111 daqiqa davom etgan 1/4 final bahsida WTA reytingida 64-pog'onada borayotgan xorvatiyalik Donna Vekichni ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi - 6/3, 6/2.
Bu bilan u o'zaro uchrashuvlardagi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi - 2:5. Arina 9, Vekich esa 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Donnada ko'proq bo'ldi 13 ga 9. Sobolenko faoliyatida to'rtinchi bor "Katta Dubulg'a" turnirlarining 1/2 finaliga chiqdi. SHu kungacha u Uimbldon (2021) va US Open (2021, 2022) turnirlarining yarim finalida o'ynagandi.
Yana bir malumot, belaruslik tennischi yarim final uchrashuvi natijasidan qatiy nazar, kelayotgan dushanba kuni elon qilinadigan WTA reytingida 4-o'ringa ko'tarilib oladi. Agar finalga chiqsa, yangi haftaning dunyoning ikkinchi raketkasi sifatida boshlaydi.
Fikrlar