19 noy 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan: "Hech kim bilan muammom yo'q"
Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida bir-biriga aytilgan keskin so'zlarga qaramay, Arman Carukyan yuzma-yuz uchrashuvda raqibiga hurmat ko'rsatdi.
Arman shanba oqshomida Qatar poytaxti Doha shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 265 turnirida Den Xukerga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu bahs katta ehtimol bilan chempion Iliya Topuriyaning raqibini aniqlab beradi.
"Hech kim bilan hech qanday muammom yo'q. Iliya bilan ham, Xuker bilan ham. Hamma bilan uchrashib, gaplasha olaman. Hamma bilan salomlashib, qo'l berib ko'rishaman. Ular bilan dushmanlik qiladigan hech qanday mojarom yo'q. Agar menda savollar bo'lganida, tasodifiy uchrashuvni kutmagan bo'lardim", - dedi rossiyalik jangchi Red Corner MMA nashriga bergan intervyusida.

Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar