04 avg 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Arman Carukyan: "Navbatdagi jangimni 70 foiz ehtimol bilan Topuriyaga qarshi o'tkazaman"
Arman Carukyan navbatdagi jangi chempionlik uchun bo'lishiga ishonyapti.
"Topuriyaga qarshi jang ehtimoli? Eng yuqori. Men birinchi raqamli davogarman. Ammo UFC xoxlaganini qiladi. Men bir, ikki yoki uchta jang o'tkazishim mumkin, baribir davogar bo'lib qolaman. Menimcha, 70% ehtimol bilan Iliyaga qarshi chempionlik jangi o'tkazaman.
Menda boshqa malumot yo'q. Hozircha menga hech kimni taklif qilishmadi. Faqat chempionlik jangi haqida gap ketyapti", — dedi Arman Carukyan.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar