20 apr 15:15
Yangiliklar
Futbol
Arsen Venger "Arsenal"dan ketishi rasman malum qilindi
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoadan ketishini aytdi.
"Klub bilan muzokaralar o'tkazdim va ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketishim kerakligini his qildim.
Uzoq yillar davomida shunday buyuk klubni boshqarganimdan minnatdorman. Klubda sadoqat va halollik bilan ishladim. Muxlislarimga, futbolchilarga, katta rahmat aytaman. Jamoaning ashaddiy fanatlariga esa faoliyatimni yuqori darajada tugatishimga zamin yaratib berishlarini so'rab qolaman.
Men sizlarni sevaman", - dedi Venger klub matbuot xizmatiga.
Venger ushbu mavsum yakunlanganidan keyin istefoga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar