18 iyu 19:49
Yangiliklar
"Arsenal" hujumchisi: "Men hech narsani isbotlashim shart emas"
"Arsenal" forvardi Folarin Balogun klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
"Men ketishga majbur bo'ldim, ijaradan maqsad esa barchaga birinchi jamoa darajasida o'ynay olishimni isbotlash edi. Men buning uddasidan chiqqanimni his qilyapman, odamlarga yuqori saviyada o'ynay olishimni ko'rsatdim.
O'ylashimcha, "Arsenal"ga qaytishim bilan bog'liq vaziyat menga bog'liq emas, bu erda hech kimga hech narsani isbotlashim shart emas. Qanday variant bo'lishidan qati nazar vaziyatni xotirjam qabul qilaman", – dedi futbolchi.
Amerikalik futbolchi o'tgan yili ijara asosida "Reyms"da o'ynadi. 22 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 39 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urgan. Balogun "Arsenal" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Uning shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Futbolchiga "Inter" davogarlik qilmoqda.
Fikrlar