20 iyu 19:10
Yangiliklar
Arteta "Arsenal"ning mavsumoldi maqsadlarini aytdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar"ning mavsumoldi maqsadlarini aytib o'tdi.
"Biz nimaga qodir ekanimizni ko'rishimiz kerak. Ammo g'oyamiz har yili kuchayib borishdan iborat, raqiblar bizga qarshilik ko'rsata olmasligi va juda qiynalishi lozim. Ayniqsa, hozir bizda himoya va yarim himoya kuchliroq. Bizda o'tgan yilga qaraganda ko'proq imkoniyatlar mavjud.
Yaxshi tayyorgarlik ko'rish, jamoada hamjihatlikni shakllantirish uchun mavsumoldi yig'in mobaynida to'g'ri ishlarni qilishimiz kerak. SHunda bosqichma-bosqich oldinga intilamiz. Keling, qanday boshlashimizni va keyin nima bo'lishini ko'ramiz", – dedi Arteta.
Mavsum oldidan "Arsenal" "Nyurnberg" bilan durang o'ynadi (1:1) va MLS termasini yirik hisobda dog'da qoldirdi (5:0). "Kanonirlar" navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 23 iyul kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar