02 apr 14:58
Yangiliklar
Boks/MMA
"Artur 100 yoshga to'lishini kutishmoqda" - Beterbiev murabbiyi Bivol jamoasini tanqid qildi
Yarim og'ir vazn (79,4 kg gacha) toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbievning murabbiyi Mark Remsi Dmitriy Bivol jamoasini uchinchi jangni tashkil etishni istamagani uchun tanqid ostiga oldi.
"Bivol trilogiyasi? Bu haqda ko'pdan beri hech narsa eshitmaganman, shuning uchun u haqda aniq bir narsa deyishim qiyin. Men 10 yil oldingi Bivol - Beterbiev jangini ko'rishni afzal ko'rardim. Endi esa bizni kutishga majbur qilishyapti. Bivol jamoasida Artur 100 yoshga to'lishini kutishmoqda. Men hayron emasman", - deya Remsining so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Eslatib o'tamiz, Bivol 30 may kuni Ekaterinburgda germaniyalik Mixael Ayfertga qarshi WBA, IBF va WBO kamarlarini majburiy himoya qiladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar