21 dek 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Artur Beterbiev bokschi uchun muvaffaqiyat kaliti nima ekanligini aytdi
Yarim og'ir vazn toifasida WVC, WVO, IBF chempioni Artur Beterbiev professional bokschi uchun muvaffaqiyat kaliti nima ekanligini aytdi.
"Istedod – bu mehnat deb hisoblayman. Agar siz o'zingizdan ancha oldinda bo'lganlarga etib olishni istasangiz, unda ikki barobar ko'p harakat qilishingiz kerak. Siz istedodli bo'lishingiz mumkin, lekin dangasalik qilsangiz, buning foydasi yo'q. Agar istedodli odam haqiqiy mehnatdan bosh tortsa, unda u biror narsaga erisha olmaydi", - deb yozadi Artur.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Beterbiev prof ringda 18 ta jang o'tkazib, 18 tasida g'alaba qozongan. Bokschi ularning barchasida muddatidan oldin zafar quchgan. Hozirda u 28 yanvar kuni Londondagi "Uembli" arenasida britaniyalik Entoni Yardga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar