17 dek 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Beterbiev ikkinchi urinishda vazn meyorini bajardi
Bugun (bizning vaqt bilan ertaga tongda) Kanadaning Monreal shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasida WBC chempioni Artur Beterbiev amerikalik Markus Braunga qarshi ringga ko'tariladi. Ertangi jang oldidan o'tkazilgan vazn o'lchash marosimida rossiyalik bokschi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi.
Beterbiev ikkinchi urinishdagina tarozida 175 funt vaznni qila oladi. Uning raqibi esa birinchi urinishdayoq 174,6 funt vazn bilan belgilangan talabni bajardi.
Malumot uchun, 36 yoshli Artur Beterbiev shu yilning mart oyida Moskvada germaniyaoik Adam Daynesni nokautga uchratgan edi. Beterbiev prof boksda 16 ta jang o'tkazib, barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. 30 yoshli Braunda esa 24 g'alaba va bir mag'lubiyat bor.
Havola :
Fikrlar