18 dek 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Beterbiev ishtirokidagi qonli jang muddatidan oldin yakunlandi
Kanadada professional boks oqshomi o'z nihoyasiga etdi.
Kechaning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishi chempioni Artur Beterbiev sobiq chempioni Markus Braunga qarshi ringga ko'tarildi.
12 raundga mo'ljallangan jang 9-raundda nihoyasiga etdi. Raund davomida zarbalar seriyasidan so'ng hakam hisobni ochdi va Braun jangni davom ettira olmadi.
Bungacha Beterbievning o'zi ham jarohat olgandi. SHuningdek, yana bir marotaba raqibini nokdaun holatiga tushirgandi.
Beterbiev ushbu g'alabasi orqali o'ziga tegishli kamarlarni saqlab qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar