22 apr 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Artur Beterbiev P4P reytingidan chiqarildi
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Artur Beterbiev nufuzli The Ring jurnalining Pound-4-Pound reytingida endi kuchli o'ntalikka kirmaydi.
Qirol Arturning o'rnini ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO va IBF yo'nalishlari bo'yicha amaldagi jahon chempioni meksikalik Emanuel Navarrete egalladi.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev 2025 yil fevralidan beri ringga chiqmayapti (o'shanda u Dmitriy Bivolga ochkolar bo'yicha yutqazgan edi). Rossiyalik bokschining reytingdan chiqarilishi uning uzoq vaqt tanaffus olgani bilan bog'liq.
The Ring jurnali talqiniga ko'ra dunyoning Top-10 bokschisi:
1. Aleksandr Usik
2. Naoya Inoue
3. SHakur Stivenson
4. Jessi Rodriges
5. Dmitriy Bivol
6. Dzyunto Nakatani
7. Devid Benavides
8. Devin Xeyni
9. Oskar Kollaco
10. Emanuel Navarrete

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar