So’nggi yangiliklar

18:53Нукус шаҳрида кичик ёшли ўсмирлар ўртасида Ўзбекистон кубоги бўлиб ўтди 0 18:32Марта Костюк Мадрид WTA 1000 турнири чемпиони! 0 18:11"Челси" ва МЮ Араухо учун рақобатлашмоқда 0 17:50Магнус Карлсен: "Нодирбек ҳозирда дунёнинг энг хавфли шахматчиси!" 0 17:29Қиличбозлик бўйича Ўзбекистон чемпионати старт олди 0 17:08Расман! Тим Цзюнинг 3 йилдан бери рингга чиқмаган Эррол Спенсга қарши жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 16:47Англиянинг топ-клуби Хаби Алонсо билан боғланди 0 16:26MMA жамоатчигининг Пратес - Маддалена жангига муносабати 0 16:05Хайме Мунгия WBA йўналишининг янги чемпиони 0 15:44Бенавидес Рамиресни тўхтатди ва Канелога "вызов" ташлади 0 15:23"Ювентус" "Реал" ҳужумчисини ўз сафига қўшмоқчи 0 15:02"Махачев - Гарри жанги ғолиби билан уришмоқчиман" - Карлос Пратес 0 14:41"Аввал Махачевни ютаман, кейин сен билан Бразилияда жанг қиламан" - Гарри Пратесга мурожаат қилди 0 14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0

27 iyu 18:34
Yangiliklar

Sport kurashlari

Artur Taymazov o'z nomzodini deputatlikka qo'ydi

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarkibida uch karra olimpiya o'yinlari chempioni, Sidney Olimpiadasi kumush medal sovrindori Artur Taymazov Rossiya Davlat Dumasiga o'tkaziladigan saylovlarda o'z nomzodini ilgari surdi.

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi vaqtinchalik SHimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasi rahbari vazifasini bajarib turgan Vyacheslav Bitarov nomiga rasmiy maktub yo'llab, Taymazovning bo'lajak saylovlardagi ishtirokiga xayrixohlik bildirilgan.  


Eslatib o'tamiz, Artur Taymazov 2004 yili Afina, 2008 yili Pekin, 2012 yilda Londonda o'tgan yozgi olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan. 2000 yili Sidney mezbonlik qilgan Olimpiadada kumush medalga sazovor bo'lgan.


Bundan tashqari, Taymazov Osiyo o'yinlarining uch karra g'olibi xisoblanadi. U 2002, 2006 va 2010 yillari o'tkazilgan qita o'yinlarida shoxsupaga ko'tarilgan. Jahon chempionatlarida ikki bor (2003, 2006) jahon chempioni, ikki marotaba kumush (2001, 2010) hamda bir bor bronza (2007) medaliga sazovor bo'lgan. 2014 yili Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionati oldidan Birlashgan sport kurashlari shon-shuhrat muzeyiga qabul qilingan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing