24 noy 10:56
Yangiliklar

Arum Usik - Fyuri mutlaq chempionlik jangini "Olimpiyskiy"da ko'rmoqchi
Og'ir vaznda WBA (Super), WBO, IBF va IBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik tez orada Entoni Joshuaga qarshi revansh jangini o'tkazadi.
Ukrainalik promouter Aleksandr Krasyukning so'zlariga ko'ra, g'alaba qozongan taqdirda Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri o'rtasida jang tashkil qilish ehtimoli yuqori.
"Taysonning jamoasida uch nafar asosiy odami bor: uning menejeri hamda ikki promouteri Bob Arum va Frenk Uorren. Men ularning barchasi bilan yaxshi munosabatdaman, lekin pul haqida gap ketganda (ayniqsa, amerikaliklar va britaniyaliklar bilan) yaxshi munosabatlar yo'qoladi. Biz hammamiz ehtiyotkor odamlarmiz va bunday kurash tarixiydir. Agar biz buni ko'rish uchun yashasak, murosa topish uchun bizda etarlicha aql bor", - dedi Krasyuk.
Krasyuk, shuningdek, Usik - Fyuri jangini tashkil etish haqida bevosita gapirgan Bob Arum bilan suhbat to'g'risida hikoya qildi.
"Biz u bilan Entoni Joshuaga qarshi jang oldidan gaplashganimizda, u shunday dedi: "Men Usik g'alaba qozonishini bilaman. SHunday bo'lsa ajoyib bo'lardi, keyin Fyuri Uaylderni mag'lub etadi, Usik va Fyuri esa Kievda mutlaq chempionlik uchun kurash olib boradi", - bu uning so'zlari. Hammasi tasvirga olingan", - dedi Krasyuk.
Fikrlar