30 apr 17:40
Yangiliklar
Asabi bo'shlar ko'rmasin: Sport tarixidagi eng dahshatli jarohatlar + FOTO
Alabama universiteti talabasi Luizianadagi turnirda noqulay sakragani sababli, ikki oyog'ini sindirib oldi. To'g'ri, sportda jarohatlar bo'ladi. Bazida juda dahshatli jarohatlar bo'ladi.
Bugun sport tarixidagi eng qo'rqinchli jarohatlarni eslab o'tamiz.
Devid Bast (Futbol)
Bu jarohat to'g'risida ko'plab futbol muxlislari bilsa kerak. 1996 yilda Koventri sobiq o'yinchisi "Manchester Yunayted" bilan bo'lgan uchrashuvda Dennis Irvin va Brayn Makklayer bilan to'qnashib ketib, oyog'ini sindiradi. Jarohat tufayli Bast o'ng oyog'ini 22 marta operaciya qildirishga majbur bo'lgan. David jarohati to'g'risida «Men emas, meni oyog'im mashhur» deb fikr bildiradi.
Petr CHex (Futbol)
Barchaga malum, "Arsenal" darvozaboni uchrashuvlarga boshiga shlem kiyib tushadi, bu bejizga emas. 2006 yilda "Riding"ga qarshi kechgan uchrashuvda "CHelsi" sobiq darvozaboni to'pni egallab olish uchun Stefan Xant qarshisiga otilib chiqadi. Xant zarba berish uchun katta tezlik bilan yugurib keladi, lekin u to'pga emas, CHexning boshiga zarba berib yuboradi. SHundan so'ng, CHex hushidan ketib qoladi va shifoxonaga olib ketiladi. CHex jarohatidan uch oyda qutuladi.
Eduardo (Futbol)
Kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan Eduardoni yorqin kelajak kutmoqda edi - jarohat olguniga qadar. London. 2008 yil. "Arsenal" - "Birmingem" uchrashuvi. To'p Eduardodaligida to'satdan maydon markazida Martin Teylor «podkat» tashlaydi va ... tamom. Bu qo'pollik natijasida Eduardoning oyog'i «chilparchin» bo'lib ketadi. Jarohat uni bir yil futboldan chetda yurishga majbur qildi. Bu jarohat nafaqat Eduardoni, balki "Arsenal"ni ham ruhan sindirdi. Nega? Sababi shundan so'ng "Arsenal" o'yinida keskin pasayish ro'y berdi va va chempionlikni "Manchester Yunayted"ga boy berib qo'ydi. Eduardo esa qaytdi. Ammo, jarohatgacha bo'lgan Eduardoni biz boshqa ko'rmadik.
Pol Jorj (Basketbol)
Jahon chempionatiga oz muddat qolganida NBA yulduzi Pol Jorj jiddiy jarohat oladi. Blok-shotni amalga oshirganida noqulay erga tushadi buning natijasida tizza va oyoq suyaklari sinib ketadi. Jorj uchun alam qiladigani, bu jarohatni AQSH terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvida oladi. Polga jarohatni davolash uchun etti oy kerak bo'lgan.
Evander Xolifild (Boks)
Deyarli har boks bahslarida jiddiy jarohatlar bo'ladi. Misol uchun, Aleksandr Gvozdik va Adonis Stivenson jangini eslang, Adonis uchrashuvdan so'ng uch oy koma holatida yotdi. Lekin, biz boks tarixidagi eng mashhur jarohat haqida eslaymiz. Bu jarohat Evander Xolifild va Mayk Tayson revansh jangida yuz beradi. Uzoq kutilgan revansh jangi uchinchi raundda to'xtatildi. Sababi, Tayson Xolifildni qulog'ini tishlab, bir qismini uzib oladi.
Klint Malarchuk (Xokkey)
Klint olgan jarohatni hech kim dushmaniga ham ravo ko'rmasa kerak. U o'z davrining eng kuchli darvozaboni bo'lgan. "Baffalo Seybers" va "Sent-Luis Blyus" uchrashuvida "Sent-Luis Blyus" xokkeychilari Stiv Tattl va Uve Krupp "Baffalo" darvozaboniga urilib ketdi. To'qnashuv oqibatida xokkeychilarning kankisining "lezviya"lari Malarchukni tomog'ini kesib yuboradi. Jarohatga guvoh bo'lgan o'n bir nafar muxlis hushidan ketib qoladi, ikkisining esa yuragi bezovta qilib qoladi. Malarchukni o'zi esa o'lishiga oz qoladi. Sababi darvozabon bir yarim litr qon yo'qotadi. Unga 300 ta chok tushadi. Eng qizig'i, sportchi bor-yo'g'i 10 kundan so'ng yana o'yinlarga qaytgan.
Sa Je Xek (Og'ir atletika)
Pekin olimpiadasi chempioni Sa Je Xek unvoni himoya qilish uchun 2012 yilgi London olimpiadasida o'z yurishini boshlaydi. Lekin, 162 kg toshni ko'tarish paytida, o'ng tirsagi qayrilib ketib, sinadi. Bunday jarohat og'ir atletikada juda jiddiy hisoblanadi. SHunga qaramasdan Sa besh oydan so'ng mashg'ulotga qaytadi. 2016 yilgi Rio olimpiyadasida chempion bo'la olmadi. SHundan so'ng Koreya federaciyasi uni o'n yilga sportdan chetlatdi. Sababi boshqa bir mamlakat sportchisiga hujum qilgandi.
Akill Mitchell (Basketbol)
Basketbol parketida yana bir jiddiy jarohat. AQSH termasi azosi Avstraliya bilan bo'lgan uchrashuvda to'p uchun sakrayotgan paytida raqib sportchisi kutilmaganda Akillni ko'ziga qo'lini tiqib oladi. Jarohat haqida sportchi «Mening ko'zim yuzimni qaysidir qismida bo'lib qolgandek tuyulardi» degandi. Mitchell jarohatini davolab keyinchalik ham faoliyatini davom ettirdi, lekin endi himoya ko'zoynakda.
Samir Ayt Said (Gimnastika)
Rio Olimpiadasi davomida kelib chiqishi jazoirlik bo'lgan francuz barcha muxlislarni shok holatiga tushirib qo'ydi. Bir nechta aylanishdan so'ng Samir erga noqulay tushadi va oyog'i og'irlikni ko'tara olmay qayrilib ketib sinadi. Zalda uning oyog'ining singan ovozni eshitish mumkin edi. Said yiqilganidan so'ng erda yotardi va uning tizzasi singan va oyog'i likillab turardi. Francuz jarohatini davolash uchun o'n oy vaqt sarflagan.
Salim Sdiri (Engil atletika)
Tarixdagi eng g'alati jarohatlardan biri 2007 yilda franciyalik engil atletikachi Salim bilan yuz beradi. Salim mashg'ulot olib boryotganida uning o'ng buyragiga Ter Pitkyamyaki tomonidan otilgan nayza sanchilib qoladi. Buning oqibatida Salimning jigarida teshik paydo bo'lib qoladi.
Lyuk SHou (Futbol)
Ingliz faoliyatini cho'qqisiga chiqqan payt. "Manchester Yunayted" va PSV jamoalari o'rtasidagi o'yinda Lyukning oyog'i ikki tomonidan sinadi. Jarohat tufayli SHou butun bir mavsumni o'tkazib yubordi. Sal qolsa, uning oyog'ini kesib tashlashlari mumkin edi. Eng g'alati tomoni uchrashuv yakunidan so'ng SHouga jarohat etkazgan Ektor Moreno eng yaxshi o'yinchi deb elon qilindi.
Andreson Silva (MMA)
«O'rgimchak odam» laqabli Silva 2013 yilda Kris Vaydman bilan dahshatli jarohat oladi. Silva Vaydmanga zarba bergan paytida oyog'ining ikki tomonini sindirib oladi. Jarohatga qadar Silva MMAning eng kuchli jangchilaridan biri sifatida qaralar edi. Anderson 13 oydan so'ng oktagonga qaytadi, lekin endi u avvalgidek emasdi. Dastlab dopingdan o'tolmadi, keyin beshta jangdan bor-yo'g'i bittasida g'alaba qozondi.
Xorijiy saytlar asosida tayyorlandi
Fikrlar