24 fev 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ham "Stranja"ni o'tkazib yuboradi
Bugundan Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha ananaviy "Stranja" xalqaro turniri boshlanmoqda.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ham ishtirok etishi elon qilingan edi. Biroq Mo'ydinxo'jaev turnir oldidan jarohat olgani bois Bolgariyadagi musobaqani o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
Avvalroq, yana bir bokschimiz — Abdumalik Xalokov 27 fevral kuni prof boksda navbatdagi jangini o'tkazishi tufayli "Stranja"da ishtirok eta olmasligi malum bo'lgan edi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar