15 iyu 20:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev qozog'istonlik raqibini yana bir bor mag'lub etdi
Tailandda boks bo'yicha "CHempionlar oqshomi" turniri o'tkazilmoqda.
Mazkur turnir doirasida -71 kg vazn toifasida hamyurtimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev qozog'istonlik Dulat Bekbauovga qarshi ringga ko'tarildi.
5 raund davom etgan jangda Asadxo'ja ochkolar evaziga g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, bokschilar shu yil Toshkentda o'tkazilgan jahon chempionati finalida o'zaro to'qnash kelishgan va unda Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev g'alabaga erishib, oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Avvalroq mazkur turnir doirasida Hasanboy Do'smatov va Mujibillo Tursunov kabi bokschilarimiz jang o'tkazib, raqiblarini mag'lubiyatga uchratishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar