06 noy 07:39
Yangiliklar
Kikboksing
Asaka shahri kikboksing bo'yicha O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda
Andijon viloyatining Asaka shahrida kikboksing bo'yicha 2001-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar va yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.
Mazkur birinchilikda mamlakatimizning 12 ta hududidan 400 nafardan ziyod yosh sportchilar qatnashmoqda. Faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati yosh kikboksingchilari musobaqani o'tkazib yuboradigan bo'lishgan.
Musobaqaning ochilish marosimi bugun, 6 noyabr kuni soat 11:00ga belgilangan.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar