06 jan 14:28
Yangiliklar
Tennis

ASB Classic turnirining ikkinchi finalchisi malum
Yangi Zelandiyaning Oklend shahri mezbonlik qilayotgan WTA turnirida finalchilar aniqlandi.
Dunyoning uchinchi raketkasi Kori Goff musobaqaning ikkinchi finalchisiga aylandi. Amerikalik 19 yoshli tennischi yarim finalda WTA reytingida 31-pog'onada borayotgan hamyurti Emma Navarroni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/1.
Bu vatandoshlarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Oltmish besh daqiqa davom etgan bahsda Goff 10, Navarro 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Kori ASB Classic bosh sovrini uchun ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar