22 apr 09:01
Yangiliklar

"Asian Boxing" shafeligidagi Osiyo chempionati. Kechagi kunni bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat bilan yakunladik, bugun chorak finallar kuni
Turnirning kechagi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili ringga ko'tarildi. Janglar davomida ularning biri g'alaba qozongan bo'lsa, yana biri raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Kechagi natijalarimiz:
-60 kg: Abrorbek SHaripov - Santi Kaevboonraung (Tailand), (3-raundda TKO);
-66 kg: Sunnatbek Ilhomov - Kunimitsu Honjo (Yaponiya), (Ochkolar hisobiga ko'ra).
Bugun Osiyo chempionatida chorak final bosqichi bahslari start oladi. Kun davomida terma jamoamizning 6 nafar kichik o'smir bokschisi o'z janglarini o'tkazishadi:
-35 kg: Sarmat SHokarimov - Daulet Tenelbay (Qozog'iston)
-37 kg: Muxriddin Hamidjonov - Richard Payla (Filippin)
-40 kg: Kamronbek Komilov - Atabek Hojiev (Turkmaniston)
-37 kg: Sabinaxon Kamiljonova - Pei-Yun CHiang (Xitoy Taypeyi)
-46 kg: Oybek Alimjonov - Sultan SHannaq (Iordaniya)
-43 kg: Rayhona Alimxanova - Xiao-Ting SHao (Xitoy Taypeyi)
Bahslar Toshkent vaqti bilan 14:00 dan boshlab start oladi.
Fikrlar