So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

04 fev 12:02
Yangiliklar

Gimnastika, Bolalar sporti

“Assalom tong” – badantarbiyaga marhamat! FOTO

Jismoniy tarbiya va sportni yoshlar orasida ommalashtirishning eng samarali usullaridan biri talim muassasalarida sport ishlariga alohida etibor qaratish kerakligi barchaga ayon.

Yuqori CHirchiq maktabgacha talim va xizmat ko'rsatish kasb-hunar kollejida talim olyotgan o'g'il-qizlar ham jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan qiziqishlari yuqoriligini viloyat va respublika miqyosida o'tkazilayotgan turli musobaqalarda sovrindorlar qatoridan joy olayotganidan ham bilish mumkin. 

Fattoh Adashov (Jismoniy tarbiya rahbari), Farrux Berdiyorov, Muzaffar Tursunov, Gulida Mo'minovlardan iborat jismoniy tarbiya o'qituvchilari sportning mini-futbol, futbol, voleybol hamda shaxmat-shashka to'garaklarini yo'lga qo'yishgan. 

Mazkur sport to'garaklarida ishtirok etayotgan o'quvchilar ustozlar ishonchini oqlashga harakat qilib, munosib natijalarga erishishmoqda. Ayniqsa, murabbiy-yo'riqchi yo'nalishida tahsil olayotgan Hikmat SHarofiddinov (belbog'li kurash), Abdulla Ismoilov (futbol), Mohira Nishonboeva (boks), Mohira Bo'rieva (boks), Asad Boboqulov (boks) kabi o'quvchilar mamlakat miqyosidagi birinchiliklarda, turnirlarda sovrinli o'rinlarni egallab ketishyapti. 

Fattoh ADASHOV, jismoniy tarbiya rahbari: 

- Tashkil etilgan to'garaklarimiz, rejaga muvofiq o'tkazilayotgan musobaqalarimiz o'quvchilarimizni sportga bo'lgan ishtiyoqlarini oshirishda katta turtki bo'lmoqda. Quvonarlisi, “Assalom tong” deb nomlangan ertalabki badantarbiya mashg'ulotida ishtirok etayotgan barcha o'quvchilarimizda ham jismoniy tarbiyaga bo'lgan etibor kuchaygan, sog'lom turmush tarziga amal qilish tushunchasi haqiqatda amalda o'z isbotini topayotgani bizni xursand qilmoqda. 

Kollejimiz direktori Nodira opa Imomxo'jaeva boshchiligida boshqa yo'nalishlar singari sportni rivojlantirish bo'yicha ham qator rejalar ishlab chiqilgan. Maqsadimiz, joriy yilda ham kollejimiz o'quvchilari ishtirokida tuman va viloyat miqyosidagi, qolaversa, respublika  musobaqlarida ham ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olish, kasb-hunar o'rganayotgan o'quvchilarimizni sport – salomatlik garovi ekanligini ularning ongiga singdirib borishdan iborat bo'ladi.  Boisi, bizda sharoit ham, imkoniyat ham etarli.       

SHu o'rinda yana bir malumot. O'zbekiston talabalar sporti associaciyasining Toshkent viloyati mintaqaviy bo'limi rais o'rinbosari Rustam Boboqulovning bizga bergan malumotlariga ko'ra, hozirda Toshkent viloyati kasb-hunar talimi tizimida 48 mingdan ziyod yigit-qizlar turli yo'nalishlarda tahsil olishadi. 

O'quvchi-yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzini kamol toptirish maqsadida ommaviy sport musobaqalarini tizimli yo'lga qo'yish borasida belgilangan dastur-reja ishlab chiqilgan bo'lib, viloyatning tuman va shaharlaridagi kollejlarda sport turlari bo'yicha musobaqalar yuqori soviyada o'tkazilib kelinmoqda. 

SHuni alohida takidlab o'tish kerakki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3031-sonli qarori hamda 2018 yil 20 sentyabr kuni O'zbekiston Respubliksi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vaziflar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, viloyatdagi mavjud barcha kasb-hunar kollejlarida ommaviy badantarbiya va gimnastika mashg'ulotlarini muntazam tarza o'tkazish maqsadida “Assalom tong”, deb nomlangan maxsus dastur ishlab chiqilgan va hozirda ushbu dastur bo'yicha 15 daqiqalik “Assalom tong” ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazilmoqda. 

SHuningdek, haftaning har juma kunlari “Sport - salomatlik kuni”, deb elon qilingan va tizimli ravishda ommaviy sport musobaqalarini jadval asosida o'tkazilishi yo'lga qo'yilgan. 

R. Boboqulovning takidlashicha, bundan ko'zlangan asosiy maqsad – kasb-hunar talimi tizimida tahsil olayotgan viloyatning minglab yoshlarini o'zaro do'stlik, hamjihatlik va g'alabaga intilish tamoyillarini mujassamlash, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanish orqali sog'lom turmush tarziga amal qilib yashash orqali turli kasalliklarning oldini olish kabi ezgu-maqsadlar ko'zlangan.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing