03 fev 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Asu Almabaev ishtirokidagi UFC turnirining markaziy jangi bekor bo'ldi
1 mart kuni Meksikada MMA bo'yicha UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Musobaqaning markaziy jangi o'ta engil vazn toifasida meksikalik UFC sobiq chempioni Brendon Moreno hamda Qozog'iston vakili Asu Almabaev o'rtasida kechishi kerak edi. Biroq bellashuv bekor qilindi. Bunga Asuning mashg'ulotlar paytida qo'lini sindirib olgani sabab bo'lgan.
Malumot uchun, Brendon Moreno faoliyati davomida hozirgacha 34 ta jang o'tkazib, 23 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Asu Almabaev hisobida esa 23 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat mavjud.

Havola :
Manba : MMATM
Fikrlar