14 okt 22:56
Yangiliklar
Boks/MMA
ATFC 19. Turnirning markaziy jangida SHarif Kushaev qirg'izistonlik raqibini nokaut orqali mag'lub etdi
Buxoro viloyatining Qorovlubozor tumanida MMA bo'yicha ATFC 19 turniri bo'lib o'tdi.
Tumanda joylashgan "Yoshlar" bog'ida tashkil etilgan musobaqaning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida o'zbekistonlik jangchi SHarif Kushaev (8-1-0) hamda Qirg'iziston vakili Qulmurot O'rozov (5-4-0) o'rtasida kechdi.
Ahamiyatlisi, jang ilk raunddayoq yakunlandi va unda hamyurtimiz qirg'izistonlik raqibini nokaut orqali muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi.
Bu SHarif Kushaev uchun yagona mag'lubiyatdan so'ng qo'lga kiritilgan g'alaba bo'ldi. U o'zining so'nggi jangida boshqa bir hamyurtimiz Marufjon Mamarazikovga mag'lub bo'lgan edi va o'z kamaridan ayrilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar