So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

06 may 11:40
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. TOP-10`da o'zgarishlar, tennischilarimizdan biri 228 pog'onaga ko'tarildi

Bugun professional tennischilar Associaciyasi haftalik yangi reytingni elon qildi.

Madrid "Masters" turniri g'olibi Andrey Rublyov 8-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Kasper Ruud va Stefanos Cicipas aksincha reytingdagi o'rinlarini pasaytirib olishdi. Yangilangan reytingda hamon Novak Jokovich peshqadamlik qilyapti. Rim "Masters" turnirini jarohat sabab o'tkazib yuboradigan ikkinchi o'rindan joy olgan. 

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 11 pog'onaga pastlab, hozirda ATP reytingida 339-o'rinni egallab turibdi. U o'tgan hafta uchun 4 ochko yo'qotdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin aksincha 55 pog'onaga ko'tarilib, 642-o'ringa joylashdi. Uchinchi raketkamiz Maksim SHin esa bir yo'la 228 pog'onaga yuqorilab oldi. U yangilangan reytingda 1137-o'rinni band etgan. Amir Milushev 26 pog'onaga pastlagan bo'lsa, Denis Istomin faoliyatida ilk va so'nggi bor ATP reytingini tark etdi.    


ATP reytingi. 6 may holatiga ko'ra Top-10:

1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) — 9990 ochko

2 (2). Yannik Sinner (Italiya) — 8860 (+200 ochko)

3 (3). Karlos Alkaras (Ispaniya) — 7345 (-800 ochko)

4 (4). Daniil Medvedev (Rossiya) — 7195 (+110 ochko)

5 (5). Aleksandr Zverev (Germaniya) — 5435 (+10 ochko)

6 (8). Andrey Rublyov (Rossiya) — 4740 (+910 ochko)

7 (6). Kasper Ruud (Norvegiya) — 4535 (+55 ochko)

8 (7). Stefanos Cicipas (Greciya) — 3860 (-170 ochko)

9 (9). Xubert Xurkach (Polsha) — 3730 (+55 ochko)

10 (10). Grigor Dimitrov (Bolgariya) – 3605 (-35 ochko)…


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

339 (328). Humoyun Sultonov - 155 (-4 ochko)

642. (697). Sergey Fomin - 51 (+8 ochko)

1137. (1365T). Maksim SHin - 8 (+4 ochko) 

1664T (1638T). Amir Milushev - 2 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing