03 apr 10:32
Yangiliklar
ATR reytingi. Jokovich yana taxtiga qaytdi. Sultonov 10 pog'onaga yuqoriladi
Unga ko'ra, reytingda karvonboshi o'zgardi. Qimmatli 640 ochkoni boy bergan Karlos Alkaraz taxtni Novak Jokovichga bo'shatib berdi. Mayami "Masters" turniri chempioni, rossiyalik Daniil Medvedev 5-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Vice-chempion Yannik Sinner (Italiya) esa ikki hafta avvalgi o'rnini ikki pog'onaga yaxshilab, Top-10`ga kirishga muvaffaq bo'ldi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin yangilangan reytingda 9 pog'onaga pastlagan bo'lsa, Humoyun Sultonov aksincha 10 o'ringa yuqorilab, ayni paytda 451-pog'onadan joy olgan. Qolgan barcha tennischilarimiz reytingda quyiga sho'ng'ishdi. Denis Istomin 6, Maksim SHin 10, Sanjar Fayziev 9, Mustafo Do'stov 5, Aziz Dadaboev va Rahimbek Ibrohimov 4 pog'onaga pastlashdi.
ATP reytingi. 2023 yil 3 aprel holatiga ko'ra:
1. (2) Novak Jokovich (Serbiya) - 7160 ochko
2. (1) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 6780
3. (3) Stefanos Cicipas (Greciya) - 5770
4. (5) Daniil Medvedev (Rossiya) - 5150
5. (4) Kasper Ruud (Norvegiya) - 5005
6. (7) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3470
7. (6) Feliks Oje (Kanada) - 3450
8. (8) Xolger Rune (Daniya) - 3370
9. (11) Yannik Sinner (Italiya) - 3345
10. (10) Teylor Fritc (AQSH) - 3065
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
371 (362). Sergey Fomin - 129
451 (461). Humoyun Sultonov - 95
648 (642). Denis Istomin - 43
1121 (1111). Maksim SHin - 8
1290 (1281). Sanjar Fayziev - 4
1505T (1500). Mustafa Do'stov -2
1633T (1629). Aziz Dadabaev - 1
1633T (1629). Rahimbek Ibrohimov - 1
Fikrlar